Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida (1325-5-son)
28.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-martda 1325-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 15-yanvardagi 16, 2004-13-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan aksiz soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2004-yil 15-mart, roʻyxat raqami 1325 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 133-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-mart,
28-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-mart,
2007-24-son
