Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (1648-1-son)
26.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-martda 1648-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2006-yil 27-dekabr, roʻyxat raqami 1648 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 523-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-mart,
8/5-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 8/5-sonli qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha
1. 9-band quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Lizing kompaniyalariga ularga ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochgan tijorat banklari tomonidan import asosida lizing obyektlarini yetkazib berish bilan bogʻliq lizing xizmati koʻrsatilishi mumkin.”.
