Xalq taʼlimi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy taʼminotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida (63-son)
30.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtaʼlim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, budjetning gʻazna ijrosi sharoitlarida xalq taʼlimi muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Belgilansinki, Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari budjet tasnifining 01130 “Umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish direktor jamgʻarmasi mablagʻlari” kodi boʻyicha alohida satrda ajratib koʻrsatilgan holda har bir umumtaʼlim muassasasi taʼminotiga xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralar normativ hujjatlarining ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-mart,
63-son
