Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (99-son)
01.03.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlar Mahkamasining diniy taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:
Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni;
Diniy taʼlim muassasasi pasporti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-mart,
99-son
