“Maxsusqotishma” respublika tashkilotini tugatish masalalari toʻgʻrisida (207-son)
03.05.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Maxsusqotishma” respublika tashkilotini tugatish boʻyicha ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
Komissiya “Maxsusqotishma” respublika tashkilotini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi komissiya bilan birgalikda “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti tugatilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
3. “Maxsus servis uskuna” davlat korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti tarkibiga berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar “Maxsusqotishma” respublika tashkilotini tugatish yuzasidan mazkur qarorda nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlardan kelib chiqqan holda oʻn kun muddatda 2004-yilga moʻljallangan iqtisodiy koʻrsatkichlar va moddiy balanslarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-may,
207-son
