Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (65-son)
10.02.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2004—2007-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish moʻljallangan loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Islom taraqqiyot banki bilan birgalikdagi loyihalar va texnik koʻmaklashish grantlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalarining koʻrsatib oʻtilgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari:
amalga oshirish moʻljallangan qoʻshma loyihalarni tayyorlashdan tortib toʻliq tugallashgacha boʻlgan zarur ishlarning butun turkumi boʻyicha samarali monitoringni taʼminlash uchun ikki hafta muddatda ishchi guruhlar tuzsinlar;
xarajatlarning mahalliy ulushini moliyalashtirish va qarz mablagʻlarni qaytarishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda tasdiqlasinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Islom taraqqiyot banki ishtirokida ishlab chiqiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga topshiriqlar ishchi guruhlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga majburiy tartibda kelishish uchun taqdim etiladi;
yangi loyihalarni moliyalashtirishga buyurtmanomalar Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti tomonidan Islom taraqqiyot bankiga yuboriladi.
5. 1-ilovada koʻrsatilgan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining raisi E.M.Gʻaniyev moliyaviy va texnik koʻmakni olish uchun Islom taraqqiyot bankida buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M.Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-fevral,
65-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-fevraldagi 65-son qaroriga 1-ILOVA
2004-2007-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish moʻljallangan
LOYIHALAR ROʻYXATI
Izoh: * loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot bankining oʻzaro kelishuviga koʻra qayta koʻrib chiqilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin;
A toifa** — tasdiqlangan loyihalar;
B toifa*** — zaxira loyihalar.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-fevraldagi 65-son qaroriga 2-ILOVA
Islom taraqqiyot banki bilan birgalikdagi loyihalar va texnik koʻmaklashish grantlarini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR DASTURI
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
