Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida (557-6-son)
20.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-martda 557-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisida”gi nizomga (1998-yil 2-dekabr, roʻyxat raqami 557) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-fevral,
6/8-son
