Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (568-son)
03.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chexiya Respublikasi Prezidenti V.Klausning 2004-yil 12—15-sentabrdagi Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash hamda Chexiya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan bajarish uchun masʼul vazirliklar va idoralar Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda aniq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashrif davomida imzolangan hujjatlar va bitimlarning amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-dekabr,
568-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-dekabrdagi 568-son qaroriga ILOVA
Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha TADBIRLAR
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
