27-modda. Deputatning transportda tekin yurish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasida Deputatlarning maqomi toʻgʻrisida (66-I-son) · Sana: 06.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis deputati respublika hududida barcha turdagi davlat passajir transportida (taksi va boshqa turdagi transport turlarining buyurtma yoʻnalishlari bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek yoʻl pattalarini navbatsiz olish huquqidan foydalanadi.
Joʻqorgʻi Kenges, viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman, shahar hududida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksi va boshqa turdagi transport turlarining buyurtma yoʻnalishlari bundan mustosno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.
Deputatlarning transportda tekin yurish tartibi va shartlarini, shu ish bilan bogʻliq ravishda transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibini tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi belgilaydi.
