Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1473-1-son)
07.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-martda 1473-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli qaroriga muvofiq hamda xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlaridan samarali boshqarilishini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining “Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” (2005-yil 27-aprel, roʻyxat raqami 1473 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 132-modda) 2005-yil 14-martdagi 33, 01/06-18/02-sonli qaroriga ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-fevral,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-fevral,
01/12-18/04-son
