18-modda. Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida (103-I-son) · Sana: 30.08.1995 · Amalda
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlisning Senati qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi:
u sudyalik qasamyodini buzganda;
u isteʼfoga chiqish toʻgʻrisida iltimos qilganida;
unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjud boʻlsa;
sudya ogohlantirilganidan yoki uning vakolatlari toʻxtatilganidan keyin ham oʻz vazifasiga toʻgʻri kelmaydigan faoliyatni davom ettirganida;
tibbiy komissiyaning xulosasiga koʻra sudya uzoq davom etadigan kasallikka uchragan boʻlsa;
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganida.
