Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob tartibi boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (936-1-son)
27.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-fevralda 936-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 95-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2000-yil 6-iyundagi 160-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Donni qabul qilish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob tartibi boʻyicha yoʻriqnoma”ga (2000-yil 20-iyun, roʻyxat raqami 936) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari O. Ollaberganov zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-fevral,
22-son
