Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1218-4-son)
20.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-fevralda 1218-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 31-yanvardagi 24, 2003-19-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1218 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 79-modda; 2005-y., 5-6-son, 50-modda; 2006-y., 11-son, 91-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-yanvar,
14-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-yanvar,
2007-09-son
