Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1238-6-son)
19.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 19-fevralda 1238-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-yil, 39-son, 387-modda) qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 7-martdagi 43, 2003-37-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga (2003-yil 29-aprel, roʻyxat raqami 1238 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 131-modda; 2005-y., 15-16-son, 125-modda; 40-son, 312-modda; 2006-y., 20-21-son, 182-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
6-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
2007-07-son
