16-modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida (80-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida oʻrgatish umumiy va majburiydir.
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus oʻquv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targʻib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan taʼminlanadi. Bilimlarni targʻib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
