Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1271-1-son)
24.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-mayda 1271-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 15-sentabr, roʻyxat raqami 1271 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-aprel,
01-02/20-4-son
