Litva Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (36-son)
16.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Litva Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida erishilgan ahdlashuvlarning toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi oʻrtasidagi yaqin istiqbolga moʻljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Apparatiga axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-fevral,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 36-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi oʻrtasidagi yaqin istiqbolga moʻljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 67-modda)
