Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1272-1-son)
01.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 1-mayda 1272-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin (2003-yil 15-sentabr, roʻyxat raqami 1272 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son).
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi oʻrinbosari Sh. Xayrullayevga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 3-aprel,
01-02/20-5-son
