Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (611-3-son)
18.04.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-aprelda 611-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibi”ga (1999-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 611 — Meʼyoriy hujjatlar Axborotnomasi, 1999-yil, 1-son.) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-aprel,
9/4-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 8-apreldagi 9/4-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonalarning kassalariga chet el valyutasini qabul qilish ushbu Tartibga 1-shakldagi ilovaga muvofiq kirim kassa orderlari orqali amalga oshiriladi”.
2. 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korxonalarning kassalaridan chet el valyutasini berish ushbu Tartibga 2-shakldagi ilovaga muvofiq, oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida berilgan chiqim kassa orderlari orqali amalga oshiriladi”.
3. 7-banddagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
4. 37-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1 va 2-shakldagi ilovalarga muvofiq 1 va 2-shakldagi ilovalar kiritilsin.
6. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibiga 2-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 16-son, 136-modda)
