Ijara toʻgʻrisida (427-XII-son) · Sana: 19.11.1991 · Amalda
Ijaraga olingan mulkka egalik qilish huquqi yoki Oʻzbekiston Respublikasi mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunchiligida sanab oʻtilgan huquqlar ijaraga beruvchidan boshqa shaxsga oʻtganda ilgari tuzilgan shartnoma, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa yangi mulk egasiga nisbatan ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
Mulk egasi boʻlmagan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda uning ijaraga beruvchi sifatidagi majburiyatlari va huquqlari, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, huquqiy vorislarga oʻtadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-112328
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 16-modda. Mol-mulk boshqa mulkdorga oʻtganda ijara shartnomasi kuchining saqlanib qolishi Ijara toʻgʻrisida (427-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-112910/16 (lex.uz/docs/-112328)