Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (34-son)
16.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat axborot resurslarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar:
tegishli davlat axborot resurslari shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishini taʼminlasinlar;
davlat organlarining ishlatilayotgan axborot tizimlarini joriy yil 30-iyungacha belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2007-yil 16-fevral,
34-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 34-son qaroriga ILOVA
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 1-1-pozitsiya qoʻshilsin:
2. 17-pozitsiya quyidagi mazmunda bayon qilinsin:
3. 17-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 17-1 va 17-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
4. 40-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 40-1 va 40-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
5. 42-pozitsiyadagi “Davlat axborot resurslari nomi” ustunida “axborot resurslari” soʻzlaridan keyin “va davlat organlarining axborot tizimlari” soʻzlari qoʻshilsin.
6. 43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 43-1-pozitsiya qoʻshilsin:
7. Quyidagi mazmundagi 45-51-pozitsiyalar qoʻshilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 65-modda)
