Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1149-5-son)
03.04.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-aprelda 1149-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Jahon bozorida paxta tolasi narxining pasayishi munosabati bilan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2002-yil 25-maydagi 66-sonli va 218-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun paxta tolasini sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga (2002-yil 12-iyun, roʻyxat raqami 1149 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 11-12-son, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 93-modda, 2004-y., 45-46-son, 483-modda, 2005-y., 27-son, 193-modda, 34-36-son, 273-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-mart,
25-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-mart,
218-V-5-son
