Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (30-son)
10.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mustaqillik yillarida respublikada ichki bozorni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash taʼminlanmoqda, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish koʻpaymoqda. Avtotransport vositalarining bir qismini suyultirilgan va siqilgan gazga oʻtkazish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha keng tarmoqli infratuzilma tashkil etildi.
Iqtisodiyotning oʻsishi va unga bogʻliq ravishda avtotransport vositalari sonining koʻpayishi avtomobil yonilgʻisiga, shu jumladan suyultirilgan va siqilgan gazga boʻlgan ehtiyoj oʻsishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda, suyultirilgan va siqilgan gazdan foydalanish hajmini tegishli ravishda koʻpaytirish, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarini va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish boʻyicha aniq strategiya belgilanmagan.
Avtotransport vositalarini ekologik toza yonilgʻi turlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash, avtomobil benzinini ular bilan almashtirish, respublikaning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va ushbu maqsadlarda investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarini xalqaro va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻylab maqbul joylashtirishning loyiha sxemalarini kiritsinlar.
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 3, 3a, 4 va 4a-ilovalarga muvofiq prognoz parametrlar bajarilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish uchun qayta jihozlangan avtotransport vositalari konstruksiyasining loyiha hujjatlariga va yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2007-yil 10-fevral,
30-son
