Shaharlararo, shahar atrofi va shahar hududida qatnovchi avtotransport vositalarining muntazamligini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida (1194-1-son)
07.06.2006
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
Buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-iyunda 1194-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarorining 1-bandiga asosan buyuraman:
1. “Shaharlararo, shahar atrofi va shahar hududida qatnovchi avtotransport vositalarining muntazamligini aniqlash boʻyicha yoʻriqnoma”ning (2002-yil 19-dekabr, roʻyxat raqami 1194 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 23-24-son) 4-bandidagi yettinchi xatboshi olib tashlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-may,
49-son
