9-modda. Imtiyozli shartlardagi pensiyalar
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida (938-XII-son) · Sana: 03.09.1993 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar, chunonchi:
Yoshidan qatʼi nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli roʻyxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2-sonli roʻyxati;
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va koʻrsatkichlarning 3-sonli roʻyxati.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
