Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida (931-XII-son)
02.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va oʻzbek yozuvining lotin alifbosiga oʻtilgan 1929 — 1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 26 harf va 3 ta harflar birikmasidan iborat oʻzbek alifbosi joriy etilsin.
Lotincha Kirilcha Lotincha Kirilcha Harflar Harflar Harflar Bosma Yozma Talaffuz Harflar Bosma Yozma Talaffuz Aa Aa a Aa Rr Rr re Rr Bb Bb be Bb Ss Ss es Cc Dd Dd de Dd Tt Tt te Tt Ee Ee e Ee Uu Uu u Uu Ff Ff ef Ff Vv Vv ve Vv Gg Gg ge Gg Xx Xx xa Xx Hh Hh he Hh Yy Yy ye Ye Ii Ii i Ii Zz Zz ze Zz Jj Jj Je (Jõra) Jj (Joʻra) Ch ch Ch ch che Chch Kk Kk ka Kk G`g` G`g` g`a Gʻgʻ Ll Ll el Ll Ng ng Ng ng ng Ng ng Mm Mm em Mm O`o` O`o` o`(o`rdak) Oʻoʻ (oʻrdak) Nn Nn en Nn Sh sh Sh sh she Shsh Oo Oo o (ota) Oo (ota) Pp Pp pe Pp Qq Qq qa Qq (`) — tutuq belgisi (apostrof)
2-modda.
Lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosini joriy etish bilan birga Oʻzbekiston xalqining milliy iftixori boʻlmish bebaho maʼnaviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani oʻrganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
931-XII-son
