Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1260-3-son)
16.03.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 16-martda 1260-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 7-iyuldagi 76, 2003-62-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 21-iyul, roʻyxat raqami 1260 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda; 41-42-son, 322-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
12-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-19-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 12, 2006-19-son qaroriga ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
oʻninchi bandda “chakana va (yoki) ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ruxsat guvohnomasiga ega boʻlishlari lozim” soʻzlari “olingan” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi xatboshlari bilan toʻldirilsin:
alkagolli ichimliklar hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdoni amalga oshirganda — chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasiga;
ulgurji savdo bilan shugʻullanganda — ulgurji savdo qilish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlishlari lozim.”.
2. 3-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ayrim turlardagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim;”.
3. 7-bandda:
quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni xarid qiymatidan past narxlarda sotilganda, shuningdek, tovarlarni begʻaraz berishda soliq solish maqsadlarida sotish qiymati tovarlarning xarid qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;”.
uchinchi—beshinchi xatboshlari tegishlicha toʻrtinchi—oltinchi xatboshlar deb hisoblansin.
4. 8-bandda:
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat subsidiyalari summasi;”
quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“dividendlar shaklida olingan va mazkur dividendlar olingan korxonalar ustav kapitaliga (fondiga) yoʻnaltirilgan daromadlar;”.
5. 13-banddagi “15 kunidan” soʻzlaridan keyin “yil yakuni boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. 4-son ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi daromad soligʻining
HISOB-KITOBI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 96-modda, 2007-y., 13-son, 127-modda)
