Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1131-3-son)
03.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-fevralda 1131-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2002-yil 13-martda tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2002-yil 23-aprel, roʻyxat raqami 1131) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-noyabr,
2006-15-son
