21-modda.
Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida (1051-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Kuch ishlatish, aldash, qoʻrqitish orqali yoki boshqa yoʻllar bilan fuqarolarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, saylovoldi agitatsiyasini olib borishdan iborat huquqlaridan foydalanishlariga toʻsqinlik qilish, shuningdek hujjatlarni soxtalashtirish, ovozlarni atayin notoʻgʻri sanash, referendum toʻgʻrisidagi, Prezident saylovi haqidagi, hokimiyatning vakillik organlariga saylov toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzgacha tarzda buzish Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1051-XII-son
