14-modda.
Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida (1051-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Butun saylov kompaniyasi keng oshkoralik asosida tuziladi. Har bir saylovchi saylov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzishga, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqtiga, deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doir axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi toʻgʻrisidagi, shuningdek deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda eʼlon qilinadi.
