Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1218-3-son)
13.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1218-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ–244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 31-yanvardagi 24, 2003-19-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2003-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1218 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 4-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 79-modda; 2005-yil, 5-6-son, 50-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
24-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
2006-6-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 24, 2006-6-son qaroriga ILOVA
Ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ayrim turlardagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim (yuridik shaxslar uchun);”.
2. 8-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. 10-bandning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“S — qatʼiy belgilangan soliqning stavkasi.”.
