Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1262-2-son)
18.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-fevralda 1262-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha xizmat haqlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining 2003-yil 16-iyuldagi 86, 01/06-7-sonli qarori bilan (2003-yil 1-avgust, roʻyxat raqami 1262 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 15-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 15-son 180-bet.) tasdiqlangan, Davlat ulushini boshqarish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng oʻn kun muddatda kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-yanvar,
7-son
Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-yanvar,
01/06-18/01-son
