Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qarori) (20-son)
29.01.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-yanvar,
20-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-yanvardagi 20-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-avgustdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 4.4-bandi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududlari boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 10-oktabrdagi 391-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 65-modda) 1-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 552-son qarori” soʻzlari “qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
