Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1107-5-son)
08.02.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASIning
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 8-fevralda 1107-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 22-yanvardagi 25 va 2002-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 11-mart, roʻyxat raqami 1107 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son, 19-son; 2003-y., 5-6-sonlar; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. 7-son, 89-modda, 2005-y. 10-11-sonlar, 81-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-yanvar,
5-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-yanvar,
2006-04-son
