8-modda.
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida (750-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi asosli taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi:
a) ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki va undan koʻproq marta hukm etilgan, jazoni ijro etish muassasalarida turgan shaxslarga nisbatan, — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan, mahkumning tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar boʻlgan taqdirda, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
b) oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarga nisbatan, — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
v) jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslarga nisbatan, — ichki ishlar idorasi boshligʻi tomonidan, shaxs jazoni ijro etish muassasasidan boʻshatilganidan keyin jamiyat uchun zararli tarzda kun kechirayotganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida.
