13-modda.
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida (750-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Sudyaning maʼmuriy nazorat belgilash yoxud nazorat muddatini uzaytirish va nazoratni amalga oshirish vaqtida qoʻllaniladigan cheklashlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostida boʻlgan shaxsga ichki ishlar idorasi boshligʻi tomonidan, jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan shaxsga esa — jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tomonidan tilxat orqali bildiriladi. Bunda nazorat ostidagi shaxsga uning burchlari, maʼmuriy nazorat qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi, nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilish oldidan belgilangan shaxsga esa — tanlangan istiqomat joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi. Nazorat ostidagi shaxsga, shuningdek u maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlab istiqomat joyidan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlik uchun javobgarlik tushuntirib beriladi.
