10-modda.
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida (750-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Maʼmuriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga belgilangan. Nazoratni amalga oshirish muddati, ushbu Qonun 4-moddasining “a” va “v” bandlarida koʻrsatilgan shaxslar yashash joyiga yetib kelgan paytdan boshlab, 4-moddaning “b” bandida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan esa, — sudya maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida qaror chiqargan paytdan boshlab hisoblanadi.
Maʼmuriy nazorat muddati ichki ishlar idoralarining taqdimnomasiga binoan har safar yana olti oyga uzaytirilishi mumkin, lekin uzaytirilgan nazorat muddati mazkur jinoyat uchun belgilangan sudlanganlik muhlatining tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi lozim. Nazorat ostidagi shaxs oʻziga belgilangan vaqt ichida tuzalish yoʻliga oʻtmagan, jamoat tartibini buzayotgan, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan yoki oʻziga nisbatan qoʻllanilayotgan cheklashlarga rioya etmayotgan taqdirda maʼmuriy nazorat muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
