Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat roʻyxatiga olish va chiqariluvni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1159-2-son)
20.01.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI hUZURIDAGI QIMMATLI QOgʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 20-yanvarda 1159-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2002-yil 7-iyunda tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari chiqariluvini davlat roʻyxatiga olish va chiqariluvni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2002-yil 10-iyul, roʻyxat raqami 1159) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori M.S. YuNUSMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-dekabr,
2005-17-son
