Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni (Toshkent, 2005-yil 6-mart) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-4-son)
13.09.2005
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 28-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (Toshkent, 2005-yil 6-mart) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 13-sentabr,
OʻRQ–4-son
