3-modda. Mulkiy huquq obyektlari
Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida (152-XII-son) · Sana: 31.10.1990 · Amalda
1. Quyidagilar mulk obyektlaridir:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, sanʼat asarlari, axborot, ilmiy gʻoyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi.
4. Mol-mulkdan xoʻjalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
