Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida (152-XII-son) · Sana: 31.10.1990 · Amalda
1. Xoʻjalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shugʻullanish uchun aʼzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir.
2. Kooperativ mulk uning aʼzolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va koʻpayib boradi.
3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111466
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 11-modda. Kooperativ mulk Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida (152-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-111455/11 (lex.uz/docs/-111466)