Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish boʻyicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar boʻyicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1512-1-son)
19.01.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 19-yanvarda 1512-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 10-sentabrdagi 611-sonli “Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish boʻyicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar boʻyicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (2005-yil 20-sentabr, roʻyxat raqami 1512) qaroriga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-dekabr,
611-1-son
