“1059-modda. Asarlarni muallifning roziligisiz va haq toʻlanmagan holda shaxsiy maqsadlarda takrorlash
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-79-son) · Sana: 16.01.2007 · Amalda
Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlanmagan holda takrorlashga yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari:
binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga;
maʼlumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga;
qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun dasturlarni takrorlashga;
kitoblarni (toʻlaligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
16) 1060-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chop etilgan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq toʻlanmagan holda omma oldida ijro etishga yoʻl qoʻyiladi”;
17) 1061 va 1062-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
