1044-modda. Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan materiallar
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-79-son) · Sana: 16.01.2007 · Amalda
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar”;
7) 1046-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
