“1041-modda. Mualliflik huquqi obyekti
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-79-son) · Sana: 16.01.2007 · Amalda
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
yozma (qoʻlyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
ogʻzaki (omma oldida soʻzlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi gʻoyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi”;
5) 1042-moddaning yettinchi xatboshisidagi “(kino-, tele- va videofilmlar, slaydfilmlar, diafilmlar va boshqa xil kino-, tele- hamda video asarlar), radio asarlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 1043 va 1044-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
