40-modda. Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-78-son) · Sana: 15.01.2007 · Amalda
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Bosh muharrir, shuningdek jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar boʻlmaydi:
agar bu maʼlumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari maʼlumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlari orqali olingan boʻlsa;
agar bu maʼlumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud boʻlsa yoki chiqishlarning soʻzma-soʻz takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) boʻlsa.
