“Oʻzbekiston Respublikasining Vitse-prezidenti lavozimini tugatish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimini taʼsis etish va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish haqida (495-XII-son)
04.01.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Vitse-prezidenti lavozimini tugatish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh Vaziri lavozimini taʼsis etish va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari komiteti amaldagi qonunlarga mazkur Qonundan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritish haqida takliflar tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-yanvar,
495-XII-son
