Elektr energasi isteʼmolini barqarorlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (12-son)
11.01.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari korxonalari va yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat ishlab chiqarishining sezilarli oʻsishini va elektr energiyasidan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi:
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda korxonalarga uzluksiz elektr energiyasi etkazib berilishini taʼminlashga qaratilgan, jumladan, zamonaviy hisobga olish asboblarini oʻrnatish ham inobatga olingan holda elektr tarmoqlarini qayta qurish boyicha ilovaga muvofiq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
elektr energiyasi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirayotgan abonentlarni belgilangan tartibda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilasin.
2. Belgilansinki:
elektr tarmoqlarini qayta qurish, hisobga olish asboblarining oʻrnatish, shuningdek ularni moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq energiya taʼminoti tashkiloti va abonent oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi;
“Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining energiya taʼminoti korxonalari rahbarlari abonentlarni elektr energiyasi etkazib berilishinidan noqonuniy ravishda uzib qoʻyganligi uchun shaxsan javobgar boʻladilar;
Davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat organlari rahbarlari energiya taʼminoti korxonalari va ularning abonentlari faoliyatiga noqonuniy aralashganligi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
3. Vazirliklar, idoralar rahbarlari va abonentlar yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
4. Davlat soliq qoʻmitasi (Parpiyev) isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi ustidan nazoratni kuchaytirsin hamda elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblar tartibini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni oʻrnatilgan tartibda javobgarlikga tortish choralarini koʻrsin.
5. “Oʻzdavenergonazorat” (Gulyamov), “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi (Teshabayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Parpiyev) bir hafta muddatda joylarda mazkur qaror ijrosini nazorat qilish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzib, qarorni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida har oyda Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib borsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir hafta muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganligi uchun korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikga tortilishi mumkinligi eʼtiborga olinsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin..
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-yanvar,
12-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-yanvardagi 12-son qaroriga ILOVA
Yirik sanoat korxonalari va iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari korxonalari roʻyxati
