Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (177-2-son)
09.02.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
BuyruGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 9-fevralda 177-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 8-sentabrda 98-son bilan tasdiqlangan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni (1995-yil 20-sentabr, roʻyxat raqami 177-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 6-son) II-boʻlimining birinchi xatboshidagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hukumat qarorlarida belgilangan hollarda, ushbu jamgʻarmaga boshqaruv xodimlarining soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ham yoʻnaltiriladi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri M.NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
22-son
