“Sugʻurta toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida (834-XII-son)
06.05.1993
Oʻzbekiston RespUblikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Sugʻurta toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan vaqtdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:
sugʻurta tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vakolati berilgan boshqaruv organini tashkil etsin;
majburiy sugʻurtani tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hujjatlarini “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonunga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining mazkur Qonunga zid keladigan meʼyoriy hujjatlari qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasin.
3. Pulning qadrsizlanishini hisobga olgan holda sugʻurta faoliyatini va qayta sugʻurta qilishni amalga oshirish boʻyicha ustav fondining eng kam miqdorini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga topshirilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan sugʻurta munosabatlari tuzilgan shartnomalarning talablariga muvofiq amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
834-XII-son
